Ozbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU)ning asosiy tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan Ofis registratori xizmatlari bo‘limi (keyingi o‘rinlarda – bo‘lim deb yuritiladi) ta'lim olish davrida ta'lim oluvchilarning barcha o‘quv yutuqlarini ro‘yxatga olish bilan shug'ullanadigan, fakultetlar va kafedralar, xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibi, talabalar kontingenti va ularning harakatiga oid axborotlarni boshqarish, ma’lumotlarni shakllantirish hamda qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi bo‘lim hisoblanadi va bevosita o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi.

 

Bo‘lim 2024-yil 1- maydan boshlab o‘z faoliyatini boshlagan. Ofis registratori xizmatlari bo‘limi 1 ta bosh mutaxassis va 4 ta yetakchi mutaxassislardan iborat.

 

Bolim bosh mutaxassisi - Sulaymonov Murotxon Maxamadxo’jayevich

Yetakchi mutaxassislar

  1. Sharipov Davlatjon Ma’rufjon o’g’li
  2. Suyunov Yodgor O’ktam o’g’li
  3. Minosiddinova Madinabonu Maxammadjon qizi
  4. Abdullayeva Dilobar O’tkirovna

 

Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlari, universitet lokal hujjatlari hamda bo’lim Nizomiga amal qiladi.

 

2. Ofis registratori xizmatlari bo‘limi funksional vazifalari va xizmatlari

2.1. Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- oliy ta’lim tizimida o‘quv, ilmiy, ma’muriy va moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish;

- talabalarning dekanatdagi shaxsiy hujjatlari, reytingi qaydnomalarini va shu kabi boshqa hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishini doimiy nazorat qilib borish;

- tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish va qaror qabul qilish jarayonining optimallashtirilishini nazorat qilish;

- o‘quv dasturlari va rejalari, o‘quv mashg‘ulotlari va imtihonlar jadvallari, talabalarning o‘zlashtirish va davomatiga oid axborotlarni boshqarish;

- masofaviy ta’lim platformasini boshqarish, o‘qituvchi va talabalarning platformadan foydalanishini nazorat qilish;

- HEMIS axborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritish va tizimni nazorat qilish.

2.2. Bo‘lim o‘z vazifalarini bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

- o‘qituvchi va talabalarga masofaviy ta’lim platformasidan foydalanishda tavsiyalar berish;

- xorijiy oliy ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan masofaviy ta’lim platformalarini o‘rganib chiqish, tahlil qilish va masofaviy ta’lim jarayonini rivojlantirish;

- universitetda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borilishini yanada samarali, tizimli va tarmoqli tashkil etish maqsadida universitetning tegishli kafedralari tomonidan amaliy va ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borish bo‘yicha tavsiyalar berish;

2.3. Bo‘lim quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi:

- o‘qishi to‘g’risida ma’lumotnoma olish;

- diplom (dublikat) olish;

- traskript olish;

- o‘qishni ko‘chirish haqida ma’lumot olish;

- akademik ta’til haqida ma’lumot olish;

- kursdan qoldirish haqida ma’lumot olish;

- o‘qishni tiklash haqida ma’lumot olish;

- shaxsiy ma’lumotlarni o‘zgartirish haqida so‘rov jo‘natish;

- karyera markazi haqida ma’lumot olish;

- universitet ichki tartib qoidalari haqida ma’lumot olish;

- universitetdagi mavjud kurs va markazlar haqida ma’lumot olish;

- talabalar turar joyi haqida ma’lumot olish;

- shikoyat va takliflar jo‘natish;

- fakultetlar haqida ma’lumot olish;

- o‘quv dasturlari haqida ma’lumot olish;

- guruhdan guruhga o‘tish haqida ma’lumot olish;

- akademik mobillik dasturlari haqida ma’lumot olish;

- talabalarni akademik masalalarda qo‘llab-quvvatlash;

- fanlarga registratsiya qilish;

- imtihonlarga appelyatsiya berish;

- imtihonlarga sababli kirmaganlik haqida ma’lumot jo‘natish;

- talabalik guvohnomalarini olish;

- yillik imtihonlar jadvali haqida ma’lumot olish;

- darslar jadvali haqida ma’lumot olish;

- yakuniy imtihonlar jadvali haqida ma’lumot olish;

- baholash natijalari haqida ma’lumot olish (imtihon, kurs ishi natijalari va jarayonlar haqida);

- stipendiyalar haqida ma’lumot olish;

- ilmiy konferensiyalar haqida ma’lumot olish;

- sertifikatlar haqida ma’lumot olish;

- akademik grantlar haqida ma’lumot olish.

 

3. Bo‘limning huquqlari va majburiyatlari

3.1. Bo‘lim o‘z funksiyalarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

- bo‘lim majburiyatini amalga oshirishda zarur bo‘lgan ma’lumot va hujjatlarni fakultet va tegishli bo‘limlardan so‘rash;

- bo‘lim majburiyatini amalga oshirishda tashkiliy va moddiy-texnika bazasi ta’minotini yaxshilash yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar kiritish.

3.2. Bo‘lim quyidagi majburiyatlarga ega:

- OTM strukturasi, fakultetlar va kafedralar, xodimlar va o‘qituvchilar tarkibi, talabalar kontingenti va ularning harakatiga oid axborotlarni boshqarish, ma’lumotlarni shakllantirish;

- HEMIS axborot tizimiga, tegishli bo‘limlar tomonidan ma’lumotlar o‘z vaqtida kiritilishini va yangilanishini nazorat qilish;

- masofaviy ta’lim platformasida kafedralar va o‘qituvchilar tomonidan tegishli kontentlar joylashtirilishi va dars jarayonining sifatli olib borilishini nazorat qilish.

 

User Image
Xizmatlar
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube