O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashi

Kengashning maqsad va vazifalari:

Kengashning maqsadi universitet jamoasining intellektual salohiyati, ilmiy, pedagogik va boshqa imkoniyatlarini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standard talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalariga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashi:

- Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar va dasturlaming qat’iy bajarilishini o‘rganib chiqadi, tahlil qiladi hamda ustuvor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi;

- universitetning o‘quv-pedagogik, ilmiy tadqiqot faoliyatining sifati va tayyorlanadigan kadrlarining raqobatbardoshliligini ta’minlashga qaratilgan xorijiy ilg‘or tizimlami boshqaruv va ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

- mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda universitetning ishtiroki hamda tashabbuskorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlami tashkil etadi;

- universitet rahbariyatining mamlakat oliy ta’lim tizimini isloh qilish jarayonida faol ishtirok etish borasidagi mas’uliyatni oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilaydi;

- universitetning akademik hamda moliyaviy-iqtisodiy jihatdan mustaqillikka erishishi borasida kerakli chora-tadbirlami belgilaydi;

- universitetning kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

- universitetning milliy va xalqaro reyting natijalarini tahlil qilish, tahlil natijalariga qarab milliy reytingning yuqori pog‘onalaridan o‘rin olish, Quacquarelli Symonds (QS) va Times Nigher Education (TNE) xalqaro reytinglarida ishtirok etish bo‘yicha chora- tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

- fakultetlarning o‘quv, ilmiy tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari, universitet huzuridagi akademik litsey hamda ilmiy jamiyatlarning faoliyati, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarini, shuningdek, bitiruvchi mutaxassislarga boTgan ehtiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi faoliyatini o‘rganish bo‘yicha rektor buyruqlari bilan tuzilgan komissiyalar hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qarorlar qabul qiladi;

- universitet professor-o‘qituvchilari bilan umumta’lim, akademik litsey, o‘rta- maxsus ta’limi muassasalari hamkorligida bajarilgan ishlar hisobotini muhokama qilib boradi;

- universitet bitiruvchilarini korxona va tashkilotlarning ehtiyojidan kelib chiqib, ishga joylashtirish monitoringi to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitib boradi;

- universitet qabul kvotasini shakllantirish to‘g‘risidagi maTumotlami berib boradi;

- ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi, universitet huzuridagi malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi rahbarining hisobotini eshitadi hamda tegishli qarorlar qabul qiladi;

- universitetni rivojlantirishning yillik va istiqbol rejalarini tasdiqlaydi, moddiy- texnik ta’minoti va moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlar qabul qiladi;

- fakultetlar va kafedralarni ochish, tugatish, o‘zgartirish, shuningdek marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yoki to‘xtatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

- “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlami tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq kafedra mudiri, professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash bo‘yicha tanlovlar e’lon qiladi va o‘tkazadi;

- jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri lavozimini egallash uchun tanlov o‘tkaziladigan Kengash yig‘ilishini tegishli vazirlik vakilining ishtirokida o‘tkazadi;

- professor, dosent ilmiy unvonini olishga tavsiya etiladigan xodimlarning hujjatlarini o‘rganib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlash uchun tanlov asosida tavsiya etadi;

- ta’lim jarayonining o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligi, yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalar, shuningdek, innovatsion ta’lim texnologiyalarini qoilashga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualami tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi;

- doktoranturaga tavsiya etilgan nomzodlarniig shaxsiy rejalari va dissertasiyalari mavzularini, ilmiy rahbarlari va xorijiy ilmiy maslahatchilarini tasdiqlaydi;

- iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlami tegishli jamg‘armalar orqali xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qish, malaka oshirish, stajirovka o‘tishga tavsiya etadi;

- universitet iqtidorli talabalari va magistrantlari safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va atoqli davlat stipendiyalari tanlovlariga nomzodlar tavsiya etadi;

- asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, talabalamiig yillik malakaviy amaliyotiga yakun yasash hamda uning samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

- fanlar akademiyasi tarmoq institutlari bilan hamkorlikda kafedralar filiallarini ochish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

- ilmiy tadqiqot ishlarini yakunlash, darslik, o‘quv qo‘llanmalari va monografiyalar yaratish uchun ijodiy ta’tillar berishga tavsiya etadi;

- universitet talabalari, professor-o‘qituvchilari, xodimlarining xavfsizlik texnikasiga rioya etishlari va mehnat muhofazasini takomillashtirish bo‘yicha qaror qabul qiladi;

- oliy ta’lim bo‘yicha Prezident Qarorlari, Farmonlari, Hukumat qarorlari hamda O‘zbekistonda yilning nomlanishidan kelib chiqib qabul qilingan davlat miqyosidagi turli dasturlar ijrosi bo‘yicha hisobotlarni muhokama etadi va tegishli qarorlar qabul qiladi.

User Image
Kengash nizomi
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube