15-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Bir martalik ilmiy seminar doirasida Abduxalilova Gulbahor Qarabayevnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Turizm sohasiga oid leksikaning lingvopragmatik aspekti (o‘zbek va ingliz tillari misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilindi.

 

 

Mazkur seminarda ilmiy rahbar – filologiya fanlari doktori, professor Dilfuza Teshaboyeva, shuningdek, rasmiy opponentlar ishtirok etdi.

 

 

Muhokama davomida dissertatsiya ishining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati, mavzuning dolzarbligi hamda tadqiqotchi tomonidan qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube