O‘ZDJTU REKTORI YANGI TALABALAR TURAR JOYIDAGI QURILISH ISHLARI BILAN TANISHDI

O‘ZDJTU REKTORI YANGI TALABALAR TURAR JOYIDAGI QURILISH ISHLARI BILAN TANISHDI

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov rahbariyat vakillari va mas’ul xodimlar bilan birgalikda Toshkent shahri, Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida barpo etilayotgan yangi talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida binoda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirildi.

Rektor qurilish jarayonining borishi, bajarilgan ishlar va navbatdagi vazifalar bilan tanishdi. Shuningdek, qurilish sifatini ta’minlash, belgilangan me’yorlarga rioya etish hamda ishlarni puxta va sifatli amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yangi talabalar turar joyida talabalar uchun zamonaviy va qulay yashash sharoitlarini yaratish, xonalarni zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini talab darajasida tayyorlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube