163-maktabda atoqli shoir Aleksandr Arkadyevich Faynbergning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan targ‘ibot-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbir rus filologiyasi fakultetining 2-bosqich talabasi Mirzamurodov Jamshidbek tashabbusi bilan tashkil etildi. 

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga shoirning hayot yo‘li, uning boy ijodiy merosi hamda rus adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’lumotlar berildi.
Alohida e’tibor Aleksandr Faynbergning she’riy merosiga, uning O‘zbekiston madaniy hayotidagi o‘rni hamda asarlarining bugungi o‘quvchi uchun ahamiyatiga qaratildi.

Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularning madaniy dunyoqarashini kengaytirishga va atoqli shoirlarning ijodi bilan yanada chuqurroq tanishishga xizmat qiladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube