2025-yil 17-aprel kuni Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash majlisida
O'zDJTU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori Yuldasheva Shaxlo Shukurlaevnaning
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) ixtisosligi bo‘yicha “Raqamlashtirish sharoitida o‘zbek tilini oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning lingvometodik tizimi (qardosh tillarda o‘qitiladigan guruhlar misolida)” mavzusidagi
pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilingan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Muhokama jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajargan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.