2025-yil 22-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi kadrlar tayinlovi amalga oshirildi

 Xaydarov Ilhom Tuxtayevich – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti dekani etib tayinlandi.
 Bazarov Zokir Mehrikulovich – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti dekani etib tayinlandi.

 

 

Tayinlovdan so‘ng universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov rahbariyat a’zolari bilan birgalikda yangi dekanlarni fakultet jamoalariga tanishtirdi. Rektor o‘z nutqida ularga mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, universitetdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, talabalar salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida ulardan faol tashabbus kutishini ta’kidladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube