22-noyabr kuni Sergeli tumani 104-umumta’lim maktabida navbatdagi ingliz tili to‘garagi o‘tkazildi
Mashg‘ulot Ingliz tili birinchi fakulteti “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi N1” kafedrasi o‘qituvchisi Gulmira Juraboyeva tomonidan tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida:
-Kasblar
-So'z o'yini
-Grammatika
-Interaktiv boshqotirma
kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanildi.
Shuningdek, o‘quvchilar yangi o‘tilgan mavzu asosida og‘zaki va yozma shaklda mustaqil gap tuzishni o‘rgandilar. Ular bir-birlarining tuzgan gaplarini tahlil qilib, xato va kamchiliklarni birgalikda muhokama qildilar.
Dars jarayonida qo‘llangan turli interaktiv o‘yinlar hamda zamonaviy metodlar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada oshirdi.
