26-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasida navbatdagi Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo’lib o’tdi. (dolzarb 90 kun )

 

Ilmiy seminar yig’ilishida tadqiqotchi Anarkulova Zubayda Fayzullo qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlagan “Yevropa va oʻzbek nasrida Zahiriddin Muhammad Bobur obrazining poetik talqini (F.Vyurtle, R.Goden, P.Qodirov, X.Sultonov asarlari misolida mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.

 

Dastur davomida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

 

Muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube