283-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida, 4-bosqich talabalari N. Rustamova va S. Boynazarova tomonidan olib borildi.

Mashg‘ulot “Let’s Make a Mini Podcast” mavzusiga bag‘ishlandi. Dars jarayonida o‘quvchilar:
yangi musiqiy atamalarni o‘rgandilar;
tinglab tushunish (listening) ko‘nikmalarini mustahkamladilar;
musiqiy asarlar haqida ingliz tilida fikr bildirishni mashq qildilar;
ijodiy va tanqidiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.

Interaktiv metodlar, guruhli muhokamalar hamda musiqiy audio materiallardan foydalanish orqali o‘quvchilar mini podkast tayyorlash jarayonida faol ishtirok etdilar.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar kundalik hayotda qo‘llaniladigan so‘z va iboralar asosida lug‘at boyliklarini kengaytirib, ularni amaliy mashqlar orqali mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube