O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari S. Mannonova, A. Murtazaeva, F. Satishova va N. Sharipova tomonidan Uchtepa tumanidagi 283-maktabda “Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish” markazi doirasida ingliz tili o‘qitish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi. 

 

 

Mazkur mashg‘ulot “CLIL methodologies for teaching English” mavzusiga bag‘ishlandi. Dars davomida o‘qituvchilar ingliz tilida muhokama olib borib, o‘z fikr va mulohazalarini erkin ifoda etdilar.

Jarayon mobaynida ular ingliz tilini o‘qitish metodikalarini takomillashtirish, boshlang‘ich va yuqori sinflarda dars o‘tish mahorati va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek kreativ fikrlashni rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mashg‘ulot yakunida maktab o‘qituvchilari “CLIL methodologies for teaching English” mavzusining asosiy mazmunini chuqurroq tushunib, o‘z bilimlarini mustahkamlab oldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube