3-sonli talabalar turar joyida ochiq muloqot o‘tkazildi

22-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov rahbariyat vakillari va mas’ul xodimlar bilan birga 3-sonli talabalar turar joyida ham bo‘ldi.

 

 

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, jihozlar va muhandislik tizimlari o‘rganilib, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi, rektor esa ularning ehtiyoj va talablarini inobatga olgan holda, mas’ullarga muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube