5-dekabr kuni Lal Bahadur Shastri nomidagi Hindiston madaniyati markazi tomonidan TIIAME Milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan Hind–O‘zbek Madaniy Fusion konsertida UzDJTU talabalari faol ishtirok etdi.
3-Ingliz tili fakulteti Ikkinchi chet tili kafedrasi o‘qituvchisi Aziza Yormatova XTA-3 2412 va XTA-2 2411 guruhlari talabalari bilan ushbu yorqin tadbirda qatnashdi.
Konsert davomida talabalar Hindistonning milliy raqslari, an’anaviy musiqasi va boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishib, o‘zlari uchun unutilmas taassurotlar jamlashdi.
Tadbirda Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Smita Pant xonimning ishtiroki esa konsertga yanada o‘ziga xos ruh va fayz bag‘ishladi.