9-dekabr kuni O‘zDJTU Kengaytirilgan kafedra Kengashida Yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Seminar yig‘ilishida Farg’ona davlat universiteti tadqiqotchisi Kaxarova Shohsanam Nabijon qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “O’zbek va ingliz o’qituvchilari muloqot xulqining qiyosiy tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.
Muhokama jarayonida tadqiqotchi mavzu doirasida olib borilgan ilmiy izlanishlari, ularning dolzarbligi va yangiligi haqida atroflicha ma’lumot taqdim etdi. Ilmiy seminar a’zolarining savollariga asosli va batafsil javob berdi. Dastur yakunida dissertatsiya ishi ochiq himoyaga tavsiya etildi.