Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga gʻurur, faxr va iftixor bagʻishlaydi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi sizni 18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun bilan samimiy tabriklaydi!
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik bardavom boʻlsin, bayrogʻimiz baland-balandlarda hilpirayversin!