BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!

BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!

19-oktabr kuni Rus filologiyasi fakultetining kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari tomonidan giyohvandlikning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Talabalar tadbirga katta mas’uliyat va ijodkorlik bilan yondashdilar. Ular tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, ta’sirchan she’rlar hamda qiziqarli interaktiv mashg‘ulotlar orqali giyohvandlikning inson hayoti va jamiyat uchun salbiy oqibatlari yoritib berildi.

Har bir chiqish o‘zining mazmuni, samimiyligi va yuqori saviyada tayyorlangani bilan alohida ajralib turdi. Talabalar nafaqat bilim va iste’dodlarini, balki dolzarb ijtimoiy muammolarga befarq emasliklarini ham namoyon etdilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube