Yo`ldashev Xusanboy 1967-yilda tugʻilgan.
U 1994 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.
Yo`ldashev Xusanboy:
➖1994-1995-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili o‘qituvchisi;
➖1995-1999-yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Tashqi aloqalar Bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;
➖1999–2004-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro aloqalar
bo‘limi boshlig‘i;
➖2004–2005- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan loyixasida axborot ta'minoti bo‘yicha ekspert;
➖2005–2008-yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi;
➖2009–2010-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti ingliz tili o‘qituvchisi;
➖2011–2012-yillarda Tashqi mexnat migrasiyasi agentligi Jo‘nat ketishdan oldingi moslashtirish va o‘quv markazi O‘quv bo‘limi boshlig‘i direktori o‘rinbosari;
➖2012–2013-yillarda Marxamat tumanidagi kasb-hunar kolleji ingliz tili va informatika fani o‘qituvchisi;
➖2013–2015-yillarda Marxamat tumanidagi 21-umumta'lim maktabi direktori;
➖2015–2019-yillarda Chet tillarni o‘qitishning innovasion metodlarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi Chet tillarni o‘qitishning innovasion metodlarini rivojlantirish bo‘limi katta ilmiy xodimi, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘limi boshlig‘i, direktor o‘rinbosari;
➖2019–2021-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qo‘shma ta'lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i;
➖2021–2023-yillarda “Elektron Ta’lim Ta’minot” MChJ bosh direktorining Tashqi aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari, bosh direktori;
➖2023-yildan Toshkentdagi Belorus-O‘zbekiston tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikasiyalar instituti Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.