Bugun Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida nemis tili oʻqituvchilarining XVI xalqaro anjumani oʻz ishini boshladi.

nemis tili oʻqituvchilari uchun moʻljallangan Ushbu anjumanda Germaniyadan kelgan mutaxassislar tomonidan  maʼruzalar va qiziqarli interaktiv mahorat darslari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. 

Ikki kun davomida nemis tili oʻqituvchilari oʻz bilimlarini yangilash va mahoratlarini oshirish,  xorijiy tillarni oʻqitishning zamonaviy uslublari bilan yaqindan tanishish, oʻzaro tajriba almashish, yirik nemis nashriyotlarining yangi darslik va oʻquv qoʻllanmalari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Ushbu anjumanda olingan maʼlumotlar va yangi gʻoyalar bilan nemis tili oʻqituvchilari yanada samarali dars berishlari mumkin boʻladi.

Anjuman har yili Xorijdagi maktablar markaziy ofisi (ZfA), Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) va Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda oʻtkaziladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube