16-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Nazariy aspektlar №3 kafedrasi professor-o‘qituvchilari Dildora Alimova va Kamila Alikberova, shuningdek 3-bosqich talabalari ishtirokida Chilonzor tumanidagi 195-IDUMda “Happy English” nomli intellektual tanlov tashkil etildi

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mantiqiy bilimlarini mustahkamlash, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni intellektual o‘yinlarga keng jalb etishdan iborat bo‘ldi.

 

 

Bellashuvda har bir guruh 8 nafardan ishtirokchidan tarkib topdi. Jamoalar savollarga to‘g‘ri javob topish jarayonida qizg‘in muhokamalarga kirishib, o‘z bilim va salohiyatlarini to‘liq namoyon etdilar. Bahslar keskin va murosasiz kechdi.

Eng quvonarlisi, tanlov yakunlariga ko‘ra 8-“B” sinf o‘quvchilari faol va munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube