Chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi (oraliq natijalar)
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda davom etmoqda. Guruh bosqichining dastlabki uchrashuvlari yakuniga yetib, ilk natijalar qayd etildi.
A guruhi natijalari:
• O‘zDJTU - Farmatsevtika — 2:0
• BuxDPI - CHDPU — 5:0
B guruhi natijalari:
• FarDTU - O‘zDSMI — 2:0
• O‘zDJTSU - BuxDU — 0:1
Hozirda musobaqa davom etmoqda va jamoalar har bir ochko uchun keskin kurash olib bormoqda. Har bir uchrashuv pley-off bosqichiga chiqish uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Musobaqa hali yakuniga yetgani yo‘q — oldinda yanada keskin va murosasiz bahslar kutmoqda!
Pley-off bosqichi tartibi:
• 9–10-o‘rin uchun: A5 – B5
• 7–8-o‘rin uchun: A4 – B4
Eng kuchli jamoalar keyingi bosqichlarda o‘zaro bellashib, chempionlik uchun kurashni davom ettiradi.