Joriy yilning 7-noyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov tashabbusi bilan professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar oʻrtasida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati “Jaholatga qarshi maʼrifat” va “Diniy ekstremizm maʼnaviyatga tahdid” mavzusi ostida oʻtkazildi. Dasturda Toshkent shahar Uchtepa tumani IIB terrorizmga qarshi kurash xodimi S.Boljonov, A.Arifxoʻdjayev hamda OʻzDJTU profilaktika inspektori Sh.Bekmetov, fakultet dekan muovinlari va tyutorlar ishtirok etdi. Davra suhbati qiziqarli va munozaralarga boy boʻldi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube