Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti dekanati tashabbusi bilan 1-noyabr kuni “Al-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti”ning umumiy boʻlim boshligʻi M.Mirismoilov bilan “Jaholatga qarshi maʼrifat” hamda “Diniy ekstrimizm maʼnaviyatga tahdid”  mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni fakulteti dekani U.Yoʻldoshev ochib berdi. 

Oʻtkazilgan tadbirda fakultet yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini Sh.Nazarov, IIB profilaktika inspektori S.Sherboyev,  fakultet tyutorlari, guruh sardorlari hamda talabalar ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan toʻliq javoblar olishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube