Dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

4-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Baxodirova Nigoraxon Shavkatxon qizining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Ingliz tilini o‘qitishda yuqori sinf o‘quvchilarining produktiv ko‘nikmasini pragmatik yondashuv asosida rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.

Muhokama davomida izlanuvchi tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalari, nazariy hamda amaliy ahamiyati, erishilgan ilmiy natijalar yuzasidan taqdimot qilindi.

Muhokama yakunida dissertatsiya ishi bo‘yicha berilgan savollarga tegishli javoblar olinib, ilmiy ishning dolzarbligi va amaliy ahamiyati e’tirof etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube