Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 26-dekabr kuni O’zDJTUda dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi offline va ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy seminarda Tolibova Gulnoz Rustamovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Xorijiy tilni intensiv o‘qitishda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish (o‘quv kurslari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida dissertatsiya tadqiqotining maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi, nazariy hamda amaliy ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ilmiy ish bo‘yicha bildirilgan mulohaza va takliflar dissertatsiyani yanada takomillashtirishga qaratildi.
Ilmiy seminar ilmiy rahbar va taqrizchilar tomonidan berilgan tavsiyalar asosida dissertatsiya ishini keyingi bosqichga tavsiya etish bilan yakunlandi.