EKOLOGIK TAFAKKUR — BARQAROR KELAJAK ASOSI

EKOLOGIK TAFAKKUR — BARQAROR KELAJAK ASOSI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining Eko taraqqiyot va yashil g‘oyalar jamoasi talabalari tomonidan ekologik barqarorlik va atrof-muhit muhofazasiga bag‘ishlangan ijodiy maketlar tayyorlandi.

Mazkur ishlar orqali yoshlar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, yashil hududlarni kengaytirish hamda inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash kabi muhim g‘oyalarni namoyon etdilar.

Ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik, zamonaviy yechimlar haqida fikrlash va ularni hayotga tatbiq etishga intilish — ekologik madaniyatning muhim mezonidir.

Yashil kelajak bugungi qarashlarimiz, mas’uliyatimiz va tashabbuslarimizdan boshlanadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube