XORIJIY PROFESSOR ISHTIROKIDA MOTIVATSION BINAR MASHG‘ULOT TASHKIL ETILDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ikkinchi ingliz tili fakultetida universitet psixologi Z. Xayrullayeva tashabbusi bilan AQSHning nufuzli Penn State universiteti professori Emiley Chen ishtirokida motivatsion ruhdagi binar dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida talabalarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, til o‘rganish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklar hamda xorijiy tilni samarali o‘zlashtirish usullari muhokama qilindi.
Xorijiy professor Emiley Chen ingliz tilida erkin muloqot qilish, so‘z boyligini oshirish, mustaqil ta’lim olish va xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berdi. Universitet psixologi Z. Xayrullayeva esa talabalarda o‘ziga ishonchni mustahkamlash, ichki motivatsiyani oshirish va maqsad sari intilishning psixologik jihatlariga alohida to‘xtaldi.
Interaktiv muloqot shaklida o‘tgan mashg‘ulot talabalarga o‘z bilimlarini sinab ko‘rish, fikr almashish va ingliz tilidagi muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berdi.
Mazkur uchrashuv talabalarning bilim olishga bo‘lgan intilishini kuchaytirish, shaxsiy va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro ta’lim tajribalarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.
2026-10-15 11-36