Eng faol ishtirokchilar taqdirlandi
Anjuman yakunida eng faol ishtirokchilar hamda eng yaxshi ma’ruza mualliflari maxsus sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tanlov natijalariga ko‘ra, mehmon ishtirokchilar orasida faol qatnashgan Isomov Muxammadjon birinchi o‘rinni egalladi va yuqori baholandi.
Birinchi o‘rin – Isomov Muxammadjon
Ikkinchi o‘rin – Yoqubov Humoyiddin
Uchinchi o‘rin – Mubina Shokirova (talaba)
Shuningdek, anjumanda ma’ruza bilan ishtirok etgan barcha ishtirokchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Tadbir davomida bildirilgan ilmiy fikr va takliflar, dolzarb masalalar yuzasidan olib borilgan muhokamalar anjumanning mazmunan boy va samarali o‘tganini ko‘rsatdi.
Yakunda ishtirokchilarga konferensiya materiallari nashri hamda sertifikatlar topshirildi.