ERASMUS+ dasturi doirasida Alikante Universitetida o‘qish imkoniyati!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispaniyaning Alikante Universiteti bilan hamkorlikda 2026–2027 o‘quv yilining 1-semestrida Magistratura Lingvistika (ispan tili) yo'nalishi 1-bosqich magistralari uchun ERASMUS+ akademik mobillik dasturi tanlovini e’lon qiladi!
Yo‘nalish: Student Mobility – 1 ta o‘rin
Dastur davomiyligi: 5 oy
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
O‘zDJTU Magistratura Lingvistika (ispan tili) yo'nalishi 1-bosqich magistr bo‘lishi;
Avval Erasmus+ dasturida ishtirok etmagan bo‘lishi.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
• Pasport nusxasi;
• Rezyume (CV, ispan tilida);
• Turli sertifikatlar, mukofotlar, maqolalar (agar mavjud bo‘lsa);
• Motivatsiya xati (ispan tilida, 1 betdan oshmasligi kerak).
Motivatsion xatda nomzod o‘z ma’lumotlarini, tanlagan soha bo‘yicha tajribasini (agar mavjud bo‘lsa), dasturda ishtirok etishdan maqsadini hamda o‘qishni yakunlagach kutilayotgan natijalarini qisqacha bayon etadi.
Arizalar 2026-yil 15-apreldan - 25 aprelgacha qabul qilinadi.
Tayyorlangan barcha hujjatlar Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi xalqaro ishlar bo‘yicha mas’ul D.Xaydarovaga topshiriladi.