FAN, TAʼLIM VA INNOVATSIYA SOHASIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN XOTIN-QIZLAR BILAN OÇIQ MULOQOT BÖLIB ÖTDI
Özbekiston davlat jahon tillari universitetida fan, taʼlim va innovatsiya sohalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar iştirokida keng qamrovli oçiq muloqot bölib ötdi.
Tadbir Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qömitasi taşabbusi bilan taşkil etilib, unda mamlakatimizning turli hududlaridan olima ayollar, professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar, doktorantlar, talabalar hamda soha vakillari iştirok etdi. Muloqot markaziy studiya bilan bir qatorda 13 ta hududiy studiya orqali onlayn formatda ham taşkil etildi.
Oçiq muloqotni Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari Mukarram Ahmedovna Nurmatova oçib, qömita taşabbusi bilan ötkazilayotgan yettinçi oçiq muloqot ekanini taʼkidladi. Şuningdek, tadbirda “El-yurt umidi” jamğarmasi ijroçi direktori Gulnoza Saydiğanixodjayevna Ismoilova hamda Taʼlim va ilm-fan vazirligi mutasaddi vakillari iştirok etdi.
Muloqot davomida “El-yurt umidi” jamğarmasi ijroçi direktori, yuridik fanlar doktori, professor Gulnoza Ismoilova jamğarma faoliyati, xorijiy nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tahsil oliş imkoniyatlari, tanlov jarayonlarining raqamlaştirilgani va iqtidorli yoşlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlari haqida maʼlumot berdi. Şuningdek, magistratura va doktoranturada tahsil olayotgan qizlarning oilaviy şaroit bilan boğliq muammolariga eʼtibor qaratdi.
Uçraşuvda Rivojlanayotgan mamlakatlar ayol olimalari taşkiloti (OWSD) Markaziy Osiyo milliy bölimi Ijroiya qömitasi raisi, qişloq xöjaligi fanlari doktori Dilfuza Egamberdiyeva, Malayziyada faoliyat yuritayotgan vatandoşimiz, Özbekiston universitetlari böyiça xalqaro akademik koordinator Ozoda Yöldoşova, Xorazm Maʼmun akademiyasi boş ilmiy xodimi, Urganç davlat universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori Umida Baltayeva hamda hududlardagi oliy taʼlim muassasalari vakillari öz tajribalari bilan örtoqlaşdi.
Muloqotda xotin-qizlarning ilmiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ilmiy daraja va unvonlarga erişiş imkoniyatlarini kengaytiriş, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş, innovatsion loyihalarni amalga oşiriş va yoş tadqiqotçi qizlarni rağbatlantiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, nomdor stipendiyalar, psixologik xizmat, sunʼiy intellekt yönalişlari, “Olima ayollar” tanlovi va ilmiy grantlar yuzasidan berilgan savollarga mutasaddi taşkilotlar vakillari javob qaytardi.
Hududlardan, talabalar va xorijdagi vatandoşlardan olima ayollar uçun qisqa muddatli stajirovka va mentorlik dasturlarini yölga qöyiş, ijodkor qizlar uçun xalqaro amaliyot imkoniyatlarini kengaytiriş, Brayl alifbosidagi darsliklarni köpaytiriş hamda xorijdagi özbek ayollarini birlaştiruvçi global platforma yaratiş kabi takliflar bildirildi.
Yakunda Mukarram Ahmedovna Nurmatova bildirilgan takliflar mutasaddi vazirlik va idoralar bilan körib çiqilişini taʼkidlab, oçiq muloqotlar davom ettirilişini maʼlum qildi.
Mazkur oçiq muloqot olima ayollar, yoş tadqiqotçilar va talaba-qizlarning özaro tajriba almaşişi, mavjud masalalarni muhokama qilişi hamda soha rivojiga qaratilgan yangi taşabbuslarni ilgari surişi uçun muhim maydon böldi.
2026-11-28 11-27