Özbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-öqituvçilari va talabalari Indoneziyada xalqaro qişki oromgohda iştirok etdilar

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-öqituvçilari va talabalari Indoneziyada xalqaro qişki oromgohda iştirok etdilar

2026-yil 9–13-noyabr kunlari Özbekiston davlat jahon tillari universitetining 3 nafar professor-öqituvçisi va 7 nafar talabasi Indoneziyaning Surabaya şahrida joylaşgan Universitas Negeri Surabaya (UNESA) tomonidan taşkil etilgan “FIP GLOBAL NEXUS 2026: International Winter Camp & Cultural Exçange” xalqaro qişki oromgohida iştirok etdilar.

Mazkur xalqaro dastur dunyoning turli mamlakatlaridan taşrif buyurgan professor-öqituvçilar va talabalar örtasida akademik hamkorlikni rivojlantiriş, ta’lim sohasidagi ilğor tajribalarni almaşiş hamda madaniyatlararo muloqotni mustahkamlaşga qaratildi.

Dastur davomida universitetimiz vakillari xalqaro ilmiy-ta’limiy maşğulotlar, seminarlar, interaktiv faoliyatlar va madaniy almaşinuv tadbirlarida faol iştirok etdilar. Talabalar xorijiy tengdoşlari bilan muloqot qiliş, ingliz tilida özaro fikr almaşiş, xalqaro muhitda işlaş va yangi bilim hamda tajribalar orttiriş imkoniyatiga ega böldilar.

Şuningdek, Indoneziyaning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, ta’lim tizimi va boy madaniy merosi bilan yaqindan tanişildi. Taşrif doirasidagi madaniy almaşinuv tadbirlari iştirokçilarning dunyoqaraşini kengaytiriş va xalqaro döstlik aloqalarini rivojlantirişga xizmat qildi.

Uşbu xalqaro dasturda iştirok etiş universitetimizning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytiriş, professor-öqituvçilarning kasbiy va ilmiy salohiyatini oşiriş hamda talabalarning xalqaro ta’lim maydonidagi faolligini kuçaytirişda muhim qadam böldi.

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, zamonaviy ta’lim tajribalarini örganiş va talabalar uçun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratiş yölidagi faoliyatini izçil davom ettiradi.

 
FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube