Talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular orasida doʻstona munosabatni mustahkamlash, shuningdek, talabalar kunini koʻtarinki ruhda oʻtkazish maqsadida 15-noyabr kuni OʻzDJTUda “Fidoying boʻlgaymiz seni, Oʻzbekiston” shiori ostida tadbir tashkil etildi. 
Tadbir avvalida, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov talabalarni tabriklab ularning yetuk va malakali kadr boʻlib yetishishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va imkoniyatlar xususida soʻz yuritdi. 


1-kurs talabalari tomonidan qasamyod qabul qilinib tantanali ravishda talabalik guvohnomalari  topshirildi. Shuningdek, tadbir davomida, Oʻzbekiston davlat jahon  tillari universitetining sobiq talabalari ishtirok etib talabalarga oʻzlarining tajriba va taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi. Universitet professor oʻqituvchilariga oʻzlarining minnatdorchiliklarini bildirdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube