Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yusupov Otabek Yakubovich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektor boʻyicha lavozimiga tayinlandi.
Mehnat faoliyati:
1997-2001 yillarda — Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi,
1999-2000 yillarda — Samarqand shahar 68-maktab oʻqituvchisi,
2001-2003 yillarda — Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti,
2000-2003 yillarda — Samarqand shahar “Samarqand” mehmonxonasi gid-tarjimoni,
2003-2004 yillarda — Samarqand davlat chet tillar instituti Xalqaro aloqalar boʻlimi tarjimoni,
2004-2004 yillarda — Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili yuqori kurslar fakulteti maʼnaviy- maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini,
2004-2013 yillarda — Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi,
2013-2018 yillarda — Samarqand davlat chet tillar instituti Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi,
2018-2019 yillarda — Samarqand davlat chet tillar instituti Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi,
2019-2020 yillarda — Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili II fakulteti dekani v.v.b.
2020-y. — h.v. — Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili II fakulteti dekani.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube