O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi 415-sonli qarori bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil qilindi.
Ushbu tarmoq markazida “Filologiya va tillar o‘qitish”, “Xorijiy til va adabiyot (tillar bo‘yicha)” va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti: tillar kesimida” yo‘nalishlari bo‘yicha qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
2024-yil 4-noyabr kuni Universitet rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Muxammad Chorievich Chutpulatov va tarmoq markazi direktori Jamila Rustamovna Abduganiyevalar tomonidan tarmoq markaziga qabul qilingan xodimlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Ushbu suhbat samimiy va do‘stona munosabatda o‘tkazildi.
Suhbat davomida korrupsiyaga qarshi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kelajak istiqbol rejalari haqida suhbatlashildi.