Fransuz tili o‘qitishning zamonaviy metodikasi va pedagogik texnologiyalari kursi yakunlandi

2026-yil 19-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Fransuz tili o‘qitishning zamonaviy metodikasi va pedagogik texnologiyalari” nomli qisqa muddatli kursni muvaffaqiyatli yakunlagan professor-o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Mazkur kurs zamonaviy lingvodidaktik yondashuvlar, innovatsion pedagogik texnologiyalar hamda fransuz tilini o‘qitishda samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilg‘or metodikalarni amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlandi. Kurs jarayonida tinglovchilar interfaol ta’lim metodlari, raqamli texnologiyalar asosida darslarni loyihalash va kompetensiyaviy yondashuv asosida baholash mexanizmlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamladilar.

Sertifikatlar topshirish marosimida universitet rektori, professor I. Tuxtasinov ishtirok etib, kursni muvaffaqiyatli yakunlagan professor-o‘qituvchilarni samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida mazkur qisqa muddatli kurs fransuz tilini o‘qitish sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro ta’lim standartlariga mos kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.

 

 

Tadbir yakunida kurs tinglovchilariga belgilangan namunadagi rasmiy sertifikatlar topshirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube