Futbol sport to‘garagi faoliyati
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutori M. Abdullayeva boshchiligida futbol sport to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur to‘garak doirasida talabalar muntazam mashg‘ulotlarda ishtirok etib, jismoniy chiniqish, jamoaviy hamkorlik va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirmoqdalar. Sport orqali nafaqat sog‘lom raqobat muhiti shakllanmoqda, balki talabalarning o‘zaro do‘stona munosabatlari ham mustahkamlanmoqda.
Futbol sport to‘garagi yoshlarni faol, tashabbuskor va sog‘lom hayot sari chorlaydi.