Gid-tarjimonlik kursi tinglovchilari uchun navbatdagi sayyor dars tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yo‘lga qo‘yilgan gid-tarjimonlik tayyorlov kursi tinglovchilari uchun navbatdagi sayyor dars Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli “Fizika–Quyosh” ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor dars davomida tinglovchilar ushbu noyob ilmiy markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, quyosh energiyasidan foydalanishga oid zamonaviy texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar va ularning amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Mashg‘ulotda Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Andrea Ramos ham ishtirok etib, tinglovchilar bilan birgalikda ilmiy obyektni o‘rgandi.

Mutaxassislar tomonidan qurilmaning ishlash jarayoni, ilmiy ahamiyati hamda zamonaviy tadqiqotlardagi o‘rni yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Mazkur sayyor dars tinglovchilarning nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki amaliy ko‘nikmalarini boyitishda ham muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, ushbu maskan bugungi kunda Toshkentga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun ham e’tiborga molik manzillardan biri ekani ta’kidlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube