“GIYOHVANDLIK — UMR ZAVOLI” MAVZUSIDA RASMLAR TANLOVI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili fakulteti tyutori Sh. Abduvaliyeva tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning inson hayoti va kelajagiga salbiy ta’siri haqida tushunchalarni mustahkamlash.
Tadbir davomida talabalar o‘z ijodiy ishlari orqali giyohvandlikning inson salomatligi, oilasi va kelajagiga yetkazadigan zararlarini badiiy tasvirlarda aks ettirdilar.
Mazkur tanlov yoshlarni zararli illatlardan yiroq bo‘lishga, sog‘lom va mazmunli hayot kechirishga chorlaydi.
Sog‘lom hayot — yorqin kelajak garovi!
2026-10-08 11-52