O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Round University Ranking (RUR) reytingida ishtirok etib, dunyoning kuchli 1025 taligiga kirishga muvaffaq bo‘ldi.
2026-yil RUR reytingiga ko‘ra, universitet quyidagi o‘rinlarni egalladi:
Jahon reytingida — 1025-o‘rin;
O‘zbekiston bo‘yicha — 26-o‘rin.
Reyting natijalari quyidagicha taqsimlandi:
Ta’lim sifati (Teaching) — 1034-o‘rin;
Ilmiy tadqiqot (Research) — 1004-o‘rin;
Xalqaro inklyuzivlik (International Diversity) — 747-o‘rin;
Moliyaviy barqarorlik (Financial Sustainability) — 823-o‘rin.
RUR — xalqaro miqyosda tan olingan nufuzli reyting bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarini 20 dan ortiq ko‘rsatkich asosida baholaydi. Reytingda ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro aloqalar va moliyaviy barqarorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Universitetning Round University Ranking (RUR) reytingi ro‘yxatidan joy olishi professor-o‘qituvchilar, talabalar va butun jamoamizning fidokorona mehnati samarasidir!