Ijara xonadonlarida qishga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Sovuq kunlar kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar holidan xabar olish davomida ularning qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ham o‘rgandi.
.jpg)
Tashrif davomida xonadonlardagi isitish tizimlari, mavjud isitish moslamalarining sozligi, xonalarni isitish va shamollatish sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Talabalarga sovuq kunlarda isitish vositalaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, ularni nazoratsiz qoldirmaslik hamda xonadonlarda zarur issiqlik sharoitini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, qish mavsumida elektr energiyasi va gazdan xavfsiz foydalanish, isitish moslamalarini ortiqcha yuklamaslik, elektr simlari va jihozlarining sozligiga e’tibor qaratish, xonalarni muntazam shamollatib turish zarurligi tushuntirildi.
Rektor Ilxomjon Tuxtasinov talabalar bilan suhbat davomida ularning qish mavsumida yashash sharoitlari, mavjud ehtiyojlari va takliflari bilan qiziqdi. Talabalar uchun sovuq kunlarda ham qulay, issiq va xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlash muhimligi qayd etildi.