O‘zDJTU rektori “Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalarining 35 yilligi munosabati bilan taqdirlandi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinovga “Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalari tahririyati tomonidan nashrlarning 35 yilligi munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbirda universitet va tahririyat o‘rtasidagi izchil hamkorlik, O‘zDJTU hayoti, ta’lim va ilm-fan sohasidagi yangiliklar hamda universitet erishayotgan yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazish borasidagi hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, “Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalarining 35 yilligiga bag‘ishlangan fotoalbom, “Yangi O‘zbekiston: kelajak sari ilk qadam” nomli 35 yillik saralangan maqolalar to‘plami hamda “35 yil xalq bilan hamnafas” esdalik ko‘krak nishoni topshirildi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi “Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalari tahririyatiga uzoq yillik izchil hamkorlik, universitet faoliyatini yoritish va jamoatchilikka yetkazishdagi e’tibori uchun minnatdorlik bildiradi.
2026-10-08 11-58