Toshkent shahrida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasidagi tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda. Shu munosabat sabab yoshlar bilan targ‘ibot-tashviqot uchrashuvlari tashkil etilib, ularga giyohvandlik illatining salbiy jihatlari, sog‘liq va ruhiyatga zararli ta’sirlari, giyohvandlik bilan shug‘ullanishning huquqiy oqibatlari haqida ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

Shunday uchrashuvlardan biri Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan tashkil etildi. Unda yotoqxona pedagog xodimlari, talabalar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan tuman IIO FMB rahbariyati  xodimlari o‘z nutqida jamiyatning global muammolaridan biri giyohvandlik ekanligi, butun dunyoda bo‘lgani kabi poytaxtda ham huquq-tartibot idoralari xodimlari giyohvandlik, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi tinimsiz kurash olib borayotganligini ta’kidladi. Bu illatga qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biri - giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirishdir. Bu yo‘nalishda ayniqsa yoshlar o‘rtasida profilaktika tushuntirish ishlarini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, uchrashuvda internet makonlarida giyohvandlik vositalarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh va kanallarga a’zo bo‘lmaslik, ular haqida biror ma’lumot bo‘lsa IIO ga xabar berish kerakligi ta’kidlandi. Qizg‘in o‘tgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar olishdi.

100 ga yaqin  talaba ishtirok etgan tadbirda 100 ta flayer va bukletlar tarqatildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube