2024-yil 12-iyun kuni OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov Germaniyalik professor, Germaniya—Oʻzbekiston Ilmiy jamiyati ish boshqaruvchisi Johannes Keller-Xerder va jamiyat aʼzosi Viktoriya Keller-Xerderlarni qabul qildi.
Ular mashhur folklorshunos Gabriele Xerder farzandlari boʻlib, ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga munosib hissa qoʻshganlar.
Muloqot chogʻida tomonlar nemis tilini oʻqitishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Professor Johannes Keller-Xerder universitetga 20 yillik mehnat mahsuli boʻlgan Germaniyada chop etilgan oʻzbek tilidagi 2 tomlik, mingga yaqin ertaklarni oʻz ichiga olgan “Oʻzbek sehrli ertaklari izohli katalogi”ni sovgʻa sifatida taqdim etdi.
I. Tuxtasinov Prezidentimiz tomonidan tarjima sohasiga katta eʼtibor qaratilayotganligini eʼtirof etib, kelgusida hamkorlikda nemis va oʻzbek tilidagi nodir asarlarni tarjima qilish, ushbu yoʻnalishda ish olib borayotgan Germaniya OTMlari bilan hamkorlik qilish hamda tarjima yoʻnalishi boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirishda birgalikda ishlashga tayyorligini maʼlum qildi.