Ijara xonadonlariga tashrif

28-yanvar kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari U. Nazarov hamda tyutorlar S. Ochilova va Z. Xojiyeva tashabbusi bilan talabalar ijara xonadonlariga tashrif amalga oshirildi.

Mazkur tashrif talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularning xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, kundalik turmush jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida tashkil etildi.

Tashrif davomida Uchtepa tumanida istiqomat qilayotgan talabalarning ijara xonadonlari ko‘zdan kechirilib, yashash sharoitlari, gaz jihozlari, isitish tizimlari hamda elektr xavfsizligi holati o‘rganildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan talabalarga zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, masʼullar tomonidan is gazi bilan bog‘liq xavf-xatarlar, undan zaharlanishning oldini olish choralari hamda gaz va isitish moslamalaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalarga xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etish, ehtiyot choralarini ko‘rish hamda favqulodda vaziyatlarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tartibi yana bir bor eslatib o‘tildi.

Mazkur tashrif talabalarning sog‘lig‘i va hayot xavfsizligini taʼminlash, ularning ijtimoiy holatiga befarq bo‘lmaslik hamda yoshlar bilan tizimli ishlash borasida muhim ahamiyat kasb etadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube