2024-yil 30-may kuni
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi va Universitet
qoshidagi Ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish ilmiy-tadqiqot institutida “Ijtimoiy davlat
zarurati va uning qadriyatiy belgilari” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi
oʻtkazilishi belgilangan.


Ilmiy anjuman doirasida quyidagi yoʻnalishlarda maqolalar qabul qilinadi:
1. O‘zbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurishning muhim omillari.
2. Ijtimoiy davlat barpo etishda xorijiy mamlakatlar tajribasi.
3. Ijtimoiy davlatda inson va jamiyat manfaatlari mushtarakligi masalalari.
4. Ijtimoiy davlatda inklyuziv jamiyat barpo etish kafolatlari.
Konferensiyaning ishchi tillari: oʻzbek, rus, ingliz.
Qatnashish shartlari: Konferensiyada yetakchi olimlar, ilmiy tadqiqot va
oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari,
doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda mavzu doirasida tadqiqot olib
boruvchilar ishtirok etishi mumkin. Maqolaning hajmi 4-6 bet atrofida boʻlishi talab
etiladi. Tanlovdan oʻtgan ilmiy maqola va tezislar ISBN raqamli to‘plam shaklida
chop etish rejalashtirilgan.
Materiallar 2024-yil 20-maygacha qabul qilinadi.
Maqolalarida dolzarb muammolarni kо‘tarib, foydali yechim va takliflar
taqdim etilgan mualliflar anjumanning sо‘nggi yalpi majlisida har bir yо‘nalish
bо‘yicha: “Eng yaxshi tahliliy maqola” nominatsiyasi bо‘yicha sertifikat bilan
taqdirlanadi.


Maqola va tesiz matni boʻyicha talablar:
Matn A4 formatdagi qogʻozga, barcha tomonlardan 2 sm dan qoldirib
yoziladi. Maʼruza materiallari Microsoft Word 97-2007 redaktorida Times New
Roman shriftida 14 oʻlchamda (interval 1,5) rtf, doc formatlarda rasmiylashtiriladi.
Maqola nomi bosh (katta) harflarda, boʻgʻin koʻchirmasdan, markazga yoziladi.
Yangi qatordan kichik harflarda muallif haqidagi maʼlumotlar (F.I.Sh. ish joyi va
lavozimi, telefon). Iqtiboslar matn ichida raqamda yozilib [1, 1-2] maqola soʻngida
foydalanilgan adabiyotlarning roʻyxati keltirilishi kerak. Ilmiy maqolalar elektron
shaklda (telegram orqali), yoki qo‘lyozma shaklida taqdim etilishi mumkin.
Maqolalar ilmiy asoslangan, manba va adabiyotlarga, xulosa, muhim taklif va
tavsiyalarga ega boʻlishi lozim.
Hammualliflar ikkitadan koʻp boʻlmasligi kerak. Maqoladagi
maʼlumotlarning ilmiy nazariy asosga egaligi va metodologik jihatlari boʻyicha
muallifning oʻzi maʼsuldir.
Tahrir hayʼati talablariga javob bermagan va belgilangan muddatdan kech
qolgan maqolalar chop etilmaydi.
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi,
21a-uy.
Mas'ul ijrochilar: +998(97) 752-56-52 (Z.Zamonov), +998 (88) 840-28-08
(M.Maxmanazarova), (Telegram: 88-840-28-08). Maqolani chop etish narxi bir bet
uchun 25 ming so‘m. To‘lov elektron shaklda amalga oshiriladi (5614 6812 2764
4667 – MALIKA MAXMANAZAROVA) va to‘lov kvitansiyasi (skrinshot) tegishli
Telegram raqamiga (88-840-28-08) yuborilishi kerak.


Konferensiya qatnashchisi talabnomasining namunasi:
1. Familiya, ism, sharifi________________________________
2. Ilmiy darajasi va unvoni ____________________________
3. Ish joyi, lavozimi___________________________________
4. Maqolaning mavzusi__________________________________
5. Telefon raqami, elektron manzili_________

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube