“Ilm yo‘lida yangi marralar” ilmiy seminari

Ta’lim va ilm-fan sohasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Ilm yo‘lida yangi marralar” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh. Ismatova tomonidan quyidagi muhim yo‘nalishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi:

Prezident stipendiyasi — iqtidorli doktorantlar va yosh tadqiqotchilar uchun keng imkoniyatlar;

“Yosh olim” dasturi — ilmiy faoliyatni boshlayotgan yoshlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar;

Akademik mobillik — xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarda tajriba orttirish imkoniyati;

Xorijiy ilmiy stajirovkalar — xalqaro miqyosda bilim va tajriba oshirish yo‘llari.

Seminar davomida ishtirokchilarga ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalanish, ilmiy faoliyatni izchil rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar yoshlarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirib, ularni yangi marralar sari dadil qadam tashlashga ilhomlantirdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube