O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan tashkillashtirilgan “Ilmiy innovatsion faoliyat: tadqiqot, nashr, akademik yozuv hamda ilmiy loyiha integratsiyasi” nomli qisqa muddatli kurslarning yakuniy kuni sertifikat topshirish marosimi bilan nihoyasiga yetdi

Kurs davomida mashg‘ulotlar olib borgan ma'ruzachilar va kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar rasmiy sertifikatlar bilan taqdirlandi.

 

 

Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, barcha tinglovchilarni samimiy tabrikladi. Rektor o‘z tabrik so‘zida tinglovchilarning o‘quv jarayonidagi faol ishtiroki, ilmiy bilimlarga bo‘lgan intilishi va kasbiy o‘sish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Mazkur qisqa muddatli kurs tinglovchilarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda zamonaviy ilmiy loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi va ularning keyingi ilmiy faoliyatida muhim tayanch nuqtaga aylanadi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube