Ingliz tili 3-fakulteti hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi (dolzarb 90 kun )  

 

27-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida 2024–2025 o‘quv yili yakuni bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, I.M. Tuxtasinov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori V.A. Sadiyev, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Ch. Chutpulatov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O.Ya. Yusupov, xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A.A. Nasirov hamda moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor M.S. Xamrayev ishtirok etdi.

 

Shuningdek, yig‘ilishda fakultet dekani va kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda mas’ul xodimlar qatnashdi.

Hisobot yig‘ilishida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi:
  O‘quv va o‘quv-uslubiy sohadagi natijalar;
  Ilmiy tadqiqotlar va nashrlar samaradorligi;
  Xalqaro hamkorlik doirasidagi loyihalar, almashinuv dasturlari;
  Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda o‘tkazilgan tadbirlar, yoshlar bilan ishlash samarasi;
  2024–2025 o‘quv yili yakunidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar;
  2025–2026 o‘quv yilida universitet va fakultet rivoji uchun belgilangan ustuvor yo‘nalishlar.

 

Yig‘ilish davomida prorektorlar tomonidan professor-o‘qituvchilar faoliyatiga doir taklif va mulohazalar bildirildi. Fakultet jamoasi tomonidan esa yangi o‘quv yilida samaradorlikni oshirish, xalqaro faoliyatni kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirishga doir aniq reja va tashabbuslar ilgari surildi.

 

Yig‘ilish yakunida rektor Ilxomjon Tuxtasinov fakultet jamoasiga bildirilgan ishonch va kutilyotgan natijalar haqida alohida to‘xtalib, barcha sohalarda yangilanish va izchillikni taʼminlashda faol bo‘lish zarurligini ta’kidladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube