27-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Xorijiy til” (ingliz tili) yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoyaga taqdim etilgan bitiruv ishlari xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda innovatsion ta’lim yondashuvlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, tinglovchilar o‘z chiqishlarida nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtira oldilar. Taqdimotlar davomida kasbiy kompetensiyalar mantiqli, asosli va aniq misollar orqali yoritildi.

Attestatsiya komissiyasi a’zolari bitiruv ishlarini atroflicha tahlil qilib, tinglovchilarning ilmiy yondashuvi, metodik yechimlari hamda taqdimot madaniyatiga alohida e’tibor qaratdilar. Himoya jarayoni ochiq va xolis baholanib, har bir ish yuzasidan tegishli xulosalar bildirildi.

Mazkur jarayonda attestatsiya komissiyasi raisi — universitet rektori, professor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich ishtirok etib, tinglovchilarni muvaffaqiyatli himoya bilan tabrikladi hamda ularning kasbiy o‘sishga bo‘lgan intilishi va pedagogik salohiyatini e’tirof etdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube