Ispaniyaga ketayotganlar bilan uchrashuv
1-may kuni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov Yevropa Ittifoqining “Erasmus+ KA171 Staff Mobility” dasturi doirasida Ispaniyaga yo‘l oladigan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida safar oldidan muhim masalalar muhokama qilinib, xorijda O‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishni oshirish, uni Ispaniyada kengroq o‘rgatish hamda ushbu tilni o‘rganishga qiziquvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Safar doirasida professor-o‘qituvchilar Universidad de Huelva va Universidad de Alicante universitetlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etishlari rejalashtirilgan.
Mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy tajriba almashish va milliy tilimizni xalqaro miqyosda targ‘ib etishda muhim qadam hisoblanadi.