Jadidlar haqida insholar tanlovi o‘tkazildi
Bugun universitetda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Jadidlar haqida insholar tanlovi”ning universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda 100 dan ortiq talabalar faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida o‘z ijodiy ishlarini yozdilar.

Mazkur tanlov talaba-yoshlar orasida jadidchilik harakatining tarixiy ahamiyati, milliy o‘zlik va istiqlol g‘oyalarini chuqur anglash, shuningdek, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
Tanlov natijalari tez kunda e'lon qilinadi.